Dembelening ketishi "Barsa"ga boshqa bir yirik transfer imkonini beradi

  • 31 iyul, 2023, 03:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" qanot himoyachisi Joau Kanselu faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Bilasiz, hujumchi Usmon Dembele ayni vaqtda Kataloniya klubini tark etish arafasida. Ushbu holat yuz bersa, "Barsa" Kanselu transferini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. 

Joauni "Siti" 60-70 million evroga baholashi kutilmoqda. Dembele esa shartnomasida ko‘rsatilgan 50 million evrolik tovon puli evaziga Parij grandi safiga o‘tishi kutilyapti. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!