Denis Korostichenko: "Raqibga juda ko‘p imkoniyatlar yaratib berdik"

  • 16 avgust, 2024, 01:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Superligada 16-tur o‘yinlari start oldi. "Olimpik" jamoasi bu tur o‘z maydonida "So‘g‘diyona" klubini qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda Jizzax klubini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun raqibga juda ko‘p imkoniyatlarni yaratib berdik. Ularning biridan gol o‘tkazib yubordik. Durang o‘ynashimiz mumkin edi, ammo foydalana olmadik. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Vaziyatni o‘rganib, o‘zgarishlarni amalga oshiramiz. 

- Bugun "Olimpik"ga hech yo‘q durang qayd etishga nima imkon bermadi?

- Haqiqatdan ham bugun juda ko‘p vaziyatlarga ega bo‘ldik. Biz murabbiylar shtabi bilan jamoani yaxshilashga e’tibor qaratganmiz. Avvalgi matbuot anjumanida aytganimdek yigitlarga bir-birini tushunib olish uchun vaqt kerak. Nima etishmadi? Albatta gol va realizatsiya etishmadi. Oldingi chiziqda biroz keskinlik etishmayapti. Himoyada ham biroz dadilroq bo‘lish kerak. Agar muammolarni hal etsak, jamoa o‘z ochkolarini jamg‘arishni boshlaydi. 

- Qaysi xatolarni takrorlanmasligini istagan bo‘lar edingiz?

- O‘yinni qayta ko‘rish kerak. Balki, kimdir noto‘g‘ri o‘ynagandir. Ular yaxshi maktab ko‘rishgan. Texnikasi yo‘q deb bo‘lmaydi. Bugun ruhiy bosim bo‘lgandir, bilmadim juda oddiy vaziyatlarda xato qildik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!