
"Derbi Kaunti" Lempard uchun "Chelsi"dan 4,5 mln evro tovon puli talab qilmoqda
Bundan avvalroq "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Frenk Lempard Mauritsio Sarri o‘rniga "Chelsi" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Chempionship vakili 40 yoshli mutaxassis uchun “aristokratlar”dan 4,5 mln evro tovon puli talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lempard “Chelsi” afsonalaridan biri hisoblanadi. U 2001-2004 yillarda londonliklar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar