
Desham Frantsiya terma jamoasida qoladimi?
Dide Desham Frantsiya terma jamoasi bilan ishlashni davom ettiradi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rahbari Noel le Gre Le Figaro nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi
“Dide Desham Frantsiya terma jamoasining murabbiyi bo‘lib qoladimi? Ha. Men bu javobni chorshanba kuni Gengamda oldim. Biz bu masalani uch daqiqada hal qildik. Desham ham hamkorlikni davom ettirishni xohlaydi, men ham. Bizda tortishuvlar bo‘lmagan”, - dedi le Grey.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi Evropa chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, 1/8 final bosqichidayoq o‘z yurishini to‘xtatdi. Dide Desham shogirdlari penaltilar seriyasida Shveytsariyaga yutqazib qo‘yishdi.
Dide Deshamning amaldagi mehnat shartnomasi 2022 yilning oxiriga qadar imzolangan. Uning boshqaruvidagi terma jamoa "JCh-2018"da chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar