
Desham: "O‘z uyimizda g‘alaba qozonish biz uchun juda muhim edi"
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Evropa chempionati - 2024 saralash bosqichida Niderlandiya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi.
"2022 yilgi jahon chempionatidan keyin bizda ajoyib qaytish bor. Raqibda muammolar bo‘lgani rost, biroq bu yaxshi o‘yin ko‘rsatganimizni inkor eta olmaydi. O‘z uyimizda g‘alaba qozonish biz uchun juda muhim edi. Ammo oldinda yana bir kurash bor. Bizda tiklanish uchun ko‘p vaqt yo‘q", - deya Didening so‘zlarini keltiradi "RMC Sport".
Saralash bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Fransiya va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 4:0 hisobida "uch ranglilar"ning g‘alabasi bilan yakunlangandi.
Eslatib o‘tamiz, Desham shogirdlari navbatdagi o‘yinni Irlandiyaga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar