
Desham Qozondagi stadionni maqtadi
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Avstraliyaga qarshi JCh-2018 turniri guruh bosqichi ilk turidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bo‘lajak bellashuv bugun, 16 iyun kuni Qozon shahridagi “Kazan Arena” maydonida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi.
“Termadagi barcha 23 futbolchining ahvoli yaxshi, Qozondagi stadion ajoyib! Uchrashuv erta boshlanadi, shunga tayyor bo‘lishimiz kerak. Bunday vaqtda bahs qo‘yilgani uchun kun tartibi va ovqatlanish vaqti o‘zgaradi, ammo bu muammo emas”, – dedi Desham.
Fikrlar