Dibala Italiya Superkubogi tarixiga kirdi

  • 22 dekabr, 2019, 23:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” forvardi Paulo Dibala bugun “Latsio”ga (1:3) qarshi bo‘lib o‘tgan Italiya Superkubogida jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Opta Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchi shu tariqa ushbu musobaqada kiritgan gollari sonini 4 taga etkazib oldi. E’tiborlisi, Dibala bu bilan musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi.

Undan keyingi o‘rinlarni esa Alessandro del Pero, Samuel Eto’O, Andrey Shevchenko va Karlos Teves kabi futbolchilar egallab turishibdi. Ular hisobida 3 tadan gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!