
Diego Kostaning qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Madridning “Atletiko” klubi forvardi Diego Kosta qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchining umurtqa pog‘onasida disk churrasi aniqlangan edi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Kosta bugun jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. Shundan so‘ng u taxminan 3 hafta maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum “Atletiko” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar