Diego Simeone “Real”ni qanday er tishlatgani sirini ochdi

  • 25 sentabr, 2023, 09:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” futbolchilari Madrid derbisida “Atletiko”ga imkoniyatni boy berib, joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Tecno

Diego Simeone shogirdlari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Karlo Anchelotti jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yindan keyin argentinalik bosh murabbiy o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Jamoamiz yaxshi o‘yin o‘tkazganidan xursandman. Hisobda ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olganimizdan keyin biroz ortga chekindik. Bu bilan raqibga ular kuchli bo‘lgan hududlarda o‘ynash imkonini berib qo‘ydik. Buning oqibatida ular hisobdagi farqni qisqartirdi.

Agar ikkinchi bo‘limda ham shu taqlid o‘ynashda davom etganimizda yutqazib qo‘yishimiz aniq edi. Morataning ikkinchi goli bizni o‘yinga qaytardi. Biz raqib jamoaning qanotlarida muammo borligini bilardik.

“Real” yaxshi himoyalanadi, qanot himoyachilari hujumni faol qo‘llab-quvvatlaydi. Bu bizga bo‘sh hududlardan foydalanish imkonini berdi. Mana shunday qilib, biz to‘pni raqib darvozasi oldiga etkazib berishga e’tibor qaratdik. Bu raqibning eng bo‘sh zonasi, - dedi Diego Simeone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!