
Dilshod Jo‘raev nega "Bunyodkor"ga qaytgani, AGMKda o‘zi xohlaganidek o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani va boshqalar haqida gapirdi
Xabaringiz bor, kecha yarim himoyachi Dilshod Jo‘raev “Bunyodkor” bilan ikki yillik shartnoma imzolagani haqida ma’lumot bergan edik. Klub matbuot xizmati futbolchining fikrlarini taqdim etdi.
- Katta futbolga aynan “Bunyodkor” orqali qadam qo‘yganman. Shu jihat jamoaga qaytishimga asosiy sabab bo‘ldi. Ich-ichimdan “Bunyodkor”ga qaytishni istadim. Yana bir sabab shuki, AGMK safida o‘zim xohlagandek o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadim. Futbolchi o‘sishi uchun maydonga tushishi kerak. Bu muhim jihat. Qolgan narsalar ikkinchi darajali bo‘lishi lozim.
“Bunyodkor”ga klub direktori Ulug‘bek Mirzaev va bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov taklif qildi. Ularning bu ishonchi uchun minnatdorchilik bildiraman va umid qilamanki, o‘z o‘yinlarim bilan bildirilgan ishonchni to‘liq oqlayman!
Jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladim. O‘ylashimcha, uzoq yillik shartnomalar futbolchi uchun ham klub uchun ham foydali bo‘ladi, - dedi futbolchi.
Fikrlar