
Dilshod Rahmatov: "Minimum vazifani uddaladik, maqsadimiz chempion bo‘lish"
Quvaytda futzal bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoamiz bugun guruhdagi oxirgi o‘yinda Bahrayn bilan kuch sinashdi va raqibini yirik 6:1 hisobida dog‘da qoldirib, guruhda 100 foizlik natija qayd eta oldi.
Terma jamoamiz etakchilaridan biri Dilshod Rahmatov O‘FA matbuot xizmatiga o‘yin to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bugungi o‘yin va g‘alaba bilan O‘zbekiston xalqini tabriklayman. Guruhdan chiqib, oldimizga qo‘yilgan minimum vazifasini uddaladik. 3 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba. Bugungi uchrashuvda yoshlarimiz o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatishdi. Shuning hisobiga katta hisobda yutdik.
Bizga kim raqib bo‘lishiga qarab murabbiylarimiz qanday o‘yin ko‘rsatishimizni aytishadi. Maqsadimiz oliy – chempion bo‘lish. Shuning uchun keyingi bosqichdan ham o‘tishimiz kerak”, - deydi Rahmatov.
Fikrlar