"Dinamo" o‘z safiga braziliyalik futbolchini qo‘shib oldi

  • 29 iyul, 2024, 15:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 2-davrasidan oldin "Dinamo" jamoasi o‘z tarkibini kuchaytirishga e’tibor qaratgan.

"Dinamo" PFK jamoasi yozgi transfer oynasida braziliyalik Maykon Duglas bilan 2025 yilning oxiriga qadar belgilangan 1,5 yillik shartnoma imzolanganini e’lon qiladi. 23 yoshli tayanch yarimhimoyachisi Samarqand jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi. To‘liq ismi-sharifi Maykon Duglas da Silva Neris bo‘lgan futbolchi 2001 yilning 11 aprel sanasida Braziliyaning Korrupi shaxrida tug‘ilgan. Bo‘yi 177 sm, vazni 70 kg.

Maykon hozirgacha Braziliyaning "Maguari" klubida faoliyat yuritayotgan edi. Yil boshida Ratino ham "Dinamo" safiga ushbu klubdan kelib qo‘shilgandi. Duglas shuningdek, Braziliyaning "Kaldense", "Vitoriya", "Botafogo" va Yaponiyaning "Osaka FK" klubi sharafini himoya qilgan.

"Dinamo"ning ahil oilasiga xush kelibsan, Maykon" - deyiladi klub xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
29/07/2024 20:03
Бразилиянинг дордан кочан уйинчилари келадида узбекистанга