
"Dinamo" O‘zPFLga Abramov bo‘yicha ma’lumotlarni topshirdi
O‘zPFL O‘zbekiston Superligasi ishtirokchisi bo‘lgan “Dinamo” futbol klubiga 20-turga qadar bosh murabbiy Vadim Abramovning yangilangan litsenziyasini taqdim etish uchun vaqt berilganini e’lon qilgandi.
Tashkilot matbuot xizmati samarqandliklar murabbiyining 2022 yil 26 sentyabrda yangilanganligi qayd etilgan litsenziyasi taqdim etilgani haqida xabar berdi.
Endi tajribali mutaxassisning ichki birinchilik bellashuvlarida texnik zonada o‘z o‘rnini egallashi bo‘yicha hech qanday muammo bo‘lmaydi.
Fikrlar