"Dinamo" PFK: Kojoning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan fikrlari ichki tartibda ko‘rib chiqiladi va tegishli chora ko‘iladi"

  • 19 sentabr, 2024, 14:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" PFK matbuot xizmati jamoa hujumchisi Joel Kojo bo‘yicha Eron, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning bir qator nashrlari, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

"Dinamo" PFK shuni ma’lum qiladiki, darhaqiqat Erondagi transfer oynasining so‘nggi kunida jamoamiz hujumchisi Joel Kojo bo‘yicha Eronning "Istiqlol" klubidan rasmiy taklif tushdi. Ammo O‘zbekiston Superligasida transfer oynasining allaqachon yopilgani, hozirda Joel Kojoning o‘rnini to‘ldirishning imkoni yo‘qligi sababli "Dinamo" PFK fors klubining taklifini rad etdi. 

Klub futbolchining ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan fikrlarini ichki tartibda ko‘rib chiqadi va tegishli chora ko‘radi", - deyiladi samarqandliklar matbuoti xabarida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Голибжон Джураев
19/09/2024 14:55
Клуб хак бу ерда