"Dinamo" ustozi AGMKdan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 23 oktabr, 2019, 12:53
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston Liga kubogi yarim finali doirasidagi AGMK - "Dinamo" (3:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar yordamchi murabbiyi Rafael Balasanyan o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda "Dinamo" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- Yigitlar o‘yindan oldingi rejaga amal qilishdi. Rejamiz har bir futbolchi o‘z o‘rnida qat’iy o‘ynashi va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish edi. 75-daqiqaga qadar rejaga amal qildik. Afsuski, zaxiradan maydonga tushgan darvozabonning xatolari tufayli yirik hisobda yutqazdik. Darvozabon yaqinda jarohatdan qutulgandi shu bois unga o‘yin amaliyoti berish uchun zaxiradan maydonga tushirgandik. To‘g‘ri, natija qoniqarsiz, ammo o‘yin borasida deyarli qoniqdim.

Nimaga asosiy tarkibda tushgan darvozabonni almashtirdim? Sababi oldinda muhim o‘yinlar bor va jamoamizda ikkinchi darvozabon bo‘lgan Eshbo‘taev o‘zining avvalgi sport formasiga tezroq qaytishi uchun uni zaxiradan maydonga tushirdik, - dedi Rafael Balasanyan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нодирбек Ахмедов
23/10/2019 13:30
Самарканддек катта шахарда бир нормалний футболчиларни жалб килолмаслик ачинарли холат .
Расулжон Тоштемиров
23/10/2019 15:11
Тугри гапиргансиз