
"Dinamo" "Zayed Sports City"da Rossiya chempioniga qarshi o‘ynaydi
"Dinamo" jamoasi Abu-Dabidagi ikkinchi uchrashuvini bugun, 21 yanvar kuni Rossiya chempioni "Zenit"ga qarshi o‘tkazadi.
Vadim Abramov va Sergey Semak shogirdlari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Rossiyaning "Match" TV telekanali Sankt-Peterburg va Samarqand klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini Abu-Dabidan jonli efirda translyatsiya qilishini rejalashtirgan.
O‘rtoqlik o‘yini. 21 yanvar
"Dinamo" (O‘zbekiston) - "Zenit" (Rossiya)
O‘yin vaqti: 17:00 (Toshkent), (Abu-Dabi vaqti bo‘yicha 16:00).
BAA, Abu-Dabi. "Zayed Sports City" o‘yingohi.
Fikrlar