Diyor Imomxo‘jaev: AGMKga "Navbahor" bilan o‘yinda oson bo‘lmaydi... Hakam ehtiyotsizligi sabab "Paxtakor" ofsayddan gol urgan

  • 10 sentabr, 2021, 16:34
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superligada 17-tur o‘yinlari davom ettiriladi. PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida ushbu uchrashuvlarga e’tibor qaratdi. 

Tecno

- Superligada bugun 3 ta yaxshi o‘yin bor.

"Bunyodkor"ga Farrux Ikromov yordam bera olmaydi. U mavsum boshidan beri 6 ta gol urdi. So‘nggi 3 ta o‘yinning hammasida gol urdi va avgust oyining eng yaxshisi bo‘ldi. Shvetsiyaga qarshi o‘yinda jarohat oldi.

Namanganda AGMK mehmon bo‘ladi. Ilk uchrashuvda Qosimov jamoasi 2:1 hisobida ustun kelgandi. Ammo bugun oson bo‘lmaydi. "Navbahor" so‘nggi ikki turda "Lokomotiv" va "Nasaf"ni taslim qilganini unutmaslik kerak. AGMK esa to‘rt o‘yindan buyon g‘olib chiqmayapti.

"Metallurg" "Paxtakor" bilan ilk o‘yinda durang o‘ynashiga oz qolgandi. Hakam ehtiyotsizligi sabab "Paxtakor" ofsayddan gol urgan. Krimets o‘sha uchrashuvda qizil olgan. Ya’ni Jasur Abduraimov sobiq jamoasini mag‘lub etish uchun bugun borini beradi. So‘nggi 7 ta o‘yindan 6 tasida mag‘lub bo‘lgan "Metallurg" uchun ochko havodek zarur, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!