
Diyor Imomxo‘jaev: "Chorak finalni O‘zbekistonda qabul qilamiz"
Xabaringiz bor, Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi OFK kubogidagi yurishini davom ettirmoqda. O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jaev OFK kubogi chorak final o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkazilishiga ishora qildi.
"OFK kubogida ishtirok etayotgan "So‘g‘diyona" 17 avgust kuni "Xo‘jand" bilan safar uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur bellashuvda jizzaxliklar g‘olib chiqsa, 6 sentyabr kuni Gonkongga borishi kerak edi. Gonkong tomoni esa mezbonlikdan voz kechdi. Demak, 1/4 finalni O‘zbekistonda qabul qilamiz", - deya post qoldirdi Imomxo‘jaev o‘z telegram sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, "bo‘rilar" mazkur turnir doirasida 3 o‘yining barchasida g‘alaba qozongan holda, o‘z guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar