
Diyor Imomxo‘jaev: Mana shu hafta umid beruvchi ikki voqelik guvohiga aylandik. Futbolda faqat tanish-bilishchilik, boylarning farzandlari ko‘tariladi, deguvchilar uchun bu eng yaxshi javob
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida OChLda "Paxtakor"ning ishtiroki va Eldor Shomurodovning Italiya klubiga ko‘chib o‘tishiga e’tibor qaratdi.
- Mana shu hafta umid beruvchi ikki voqelik guvohiga aylandik. Birinchisida, Eldor Shomurodov kuchli beshlik klubi bo‘lmish "Jenoa" safiga o‘tdi. Futbolda faqat tanish-bilishchilik, faqatgina boylarning farzandlari ko‘tariladi, deguvchilar uchun bu eng yaxshi javob. Eldorning yo‘li istalgan yosh futbolchi uchun motivatsiya bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Shomurodov "Yuventus"dagi o‘zbekistonlik ikkinchi futbolchi bo‘lishi uchun nima qilishi kerak? Turin klubida o‘ynagan hamyurtimiz javob berdi
Rossiyalik mutaxassis Shomurodov uchun Italiya qiziqarli tanlov ekani, Angliyada unga qiyinroq bo‘lishi haqida gapirdi
Ikkinchisiga "Paxtakor" sababchi. Arveladze jamoasi Osiyo etakchilaridan biri ekanini ko‘rsatdi. Klubga ikki bor qizil kartochka pand berganini aytmasa, "Paxtakor" o‘yin bobida ko‘pchilikdan ustun ekani ko‘rindi.
Bularning bari bizda potentsial bor ekanini ko‘rsatadi. Shunchaki ichki muammolarimizni o‘nglashimiz kerak. O‘zPFLda mavjud reja bilan 1 yil bosib ishlasak, kelasi yil oktyabrga qadar ko‘p masalada o‘sishga erishishimiz mumkin, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar