
Diyor Imomxo‘jaev "Navbahor" haqida fikr bildirdi
PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev "Navbahor" avvalgi xatolardan saboq chiqarib harakat qilayotgani haqida telegramdagi sahifasida post qoldirdi.
- "Navbahor" aniq reja bo‘yicha harakat qilayotganini e’tirof etish kerak. Ayni vaqtda klub rossiyalik mutaxassislar bilan kelishuv bitimini OFK platformasiga yuklash ishlari bilan band. Yodingizda bo‘lsa, aynan shu masala sabab "Navbahor" 2022 yilgi mavsum uchun OFK litsenziyasini qo‘lga kirita olmagandi. Ishlar shu yo‘sinda davom etsa va boshqa muammo kelib chiqmasa, "Navbahor" 2023 yilgi mavsum uchun litsenziyalash talablarini to‘liq bajarishi katta ehtimol.
So‘nggi to‘rt yil "Navbahor" uchun oson bo‘lmadi. Buning, albatta, yaxshi tomoni bor. Endilikda klub qanday ishlash kerakligini yaxshi biladi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar