Diyor Imomxo‘jaev: Taqvimga o‘zgartirish kiritishga majburmiz

  • 29 iyun, 2021, 18:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev taqvimdagi o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Tecno

"Avgustdan oyidan boshlab dekabrga qadar bo‘lgan uchrashuvlar taqvimini aniqlashda ikki masala halal berayotgani haqida yozgandik:

- sentyabr, oktyabr, noyabr oylaridagi FIFA kunlari uchun O‘zbekiston MTJ rejasi aniq emasdi;
- Nasaf klubining OFK kubogidagi keyingi o‘yinlari rejasi to‘liq aniq emasdi.

Shunga qaramay, biz FIFA kunlaridan kelib chiqib, taqvim tuzdik. Superligadan kelib chiqib, Pro liga sanalarini aniqlab oldik. Ammo o‘rtada OFK "Nasaf"ga bog‘liq musobaqada yana o‘zgarishga qo‘l urdi. Endilikda OFK kubogining pley-off o‘yinlari ikki emas, bir uchrashuvdan iborat bo‘ladi.

Biz "Nasaf" ikkitadan uchrashuvda ishtirok etishini inobatga olgandik, endi sentyabrning 20-sanasidan keyingi taqvim uchun biroz o‘zgartirish kiritishga majburmiz. 25 avgust kuni esa "Nasaf" Turkmanistonning "Ahal" klubiga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuvning qaerda o‘tishi 7 iyul kungi qur’a orqali aniq bo‘ladi. Biz Turkmanistondagi pandemik holat va albatta o‘yinning Qarshida o‘tishi ehtimolidan kelib chiqib ish ko‘rdik. Pro liga 16-turini ham shunday vaqtga qo‘yganmizki, Futbol-TV "Nasaf"ning Qarshidagi o‘yinini translyatsiya qilishiga to‘g‘ri kelsa, KTS G‘uzordan Qarshiga etib kelishi inobatga olingan. Umid qilamizki, "Nasaf" muvaffaqiyatli yurishini endi o‘zimizning muxlislar ko‘z o‘ngida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi", - dedi Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
29/06/2021 18:46
Taqvimni Tuzaverish kerak. Nasaf uyinni bor vaqt usha oraliqdaki. 1 tur uyinni boshqa kunga suriladi buldi. yoki bulmasa goy vaqt. 1 haftalap dam berasizlarki usha urtalikka tiqib yuborasizla buldi. har qalay. 20 qatnashmaydiki. chempionatka. uzi. 14 klub bulsa.