
Donna Vekich: Qanday mag‘lub bo‘lganimni tushunmay qoldim
Barcha intiqlik bilan kutgan “WTA ASB Classic – 2018” turnirida bahslar qizg‘in o‘tmoqda.
Yangi Zelandiyaning Oklend shahri mezbonlik qilayotgan musobaqada sovrin jamg‘armasi 250.000 AQSh dollarni tashkil etmoqda. Musobaqaning dastlabki davrasida belgiyalik Kirsten Flipkens xorvatiyalik Donna Vekichni qiyinchilik bilan 7:6, 3:6, 6:4 hisobida engdi.
Tayvan sharafini himoya qilayotgan Su-Vey Se esa o‘zbek tennis muhlislariga yaxshi tanish bo‘lgan yaponiyalik Nao Xibinoga bor yo‘g‘i uchta geymni boy berdi va ikkinchi davrada o‘ynaydigan bo‘ldi.
Ertaga o‘tkaziladigan birinchi davra bahslarida Karolin Voznyatski (Daniya) – Medison Brengl (AQSh), Monika Puig (Puerto-Riko) – Yuliya Gerges (Germaniya), Sara Errani (Italiya) – Barbora Stritsova (Chexiya), Agneshka Radvanska (Polsha) – Beatris Xaddad Mayya (Braziliya), Yuliya Putintseva (Qozog‘iston) – Isalin Bonaventyur (Belgiya) o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar