
Dragan Cheran - Superliga to‘purari. Keyingi o‘rinlarda kimlar bor?
Bugun "Superliga-2020" mavsumi yakunlandi. Chempion, sovrindorlar, ligani tark etgan va o‘tish bahsida qatnashadigan jamoalar ma’lum bo‘ldi.
Qolaversa, chempionat to‘purari ham aniqlandi. Unga ko‘ra "Paxtakor" etakchisi Dragan Cheran "Superliga-2020" to‘purariga aylandi. Serbiyalik futbolchi o‘tgan yili ham ichki chempionatimizda eng ko‘p gol urgan o‘yinchi edi. U 2019 yilgi mavsumda 23 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Superliga o‘tish bahsida kimlar o‘ynaydi? Yoxud "Neftchi"ning raqibi aniqlandi
Dragan Cherandan so‘ng joriy mavsum Bobir Abdixoliqov joy oldi. "Nasaf" hujumchisi 17 marta muvaffaqiyat qozondi. Undan keyingi o‘rinda "sherlar"ning yana bir a’zosi Igor Sergeev bor. U 16 ta gol urdi.
Fikrlar