Dragan Cheran: "Nasaf"ning kelajagi meni unchalik xavotirga solmaydi

  • 23 avgust, 2020, 17:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Amaldagi chempion – “Paxtakor” bu yilgi mavsumni ham karvonboshi sifatida o‘tkazmoqda. Shota Arveladze jamoasi 11-turda “Nasaf”ni yirik 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu o‘yinda esa “Paxtakor”ning to‘purari Dragan Cheran yana katta sahnaga chiqdi va qarshiliklar darvozasiga uchta gol urdi. Uning sobiq jamoasiga qarshi bahsda xet-trikka erishgani e’tiborimizni tortdi. Shu sababli Cheranga “Nasaf”ga taalluqli ayrim savollar bilan murojaat qildik.

Tecno

- Dragan, sobiq jamoangiz darvozasiga uchta gol urish asosiy maqsadingizmidi?

- Sizga rostini aytsam, ushbu o‘yinda gollar haqida unchalik o‘ylamagandim. Maydonda hammasi o‘z-o‘zidan yuz beradi.

- Bugungi “Nasaf” haqida nima degan bo‘lardingiz? Ular “Paxtakor”ga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga qiynalishdi, shundaymi?

- Umuman aytganda, “Nasaf”ga qarshi juda keskin o‘yin bo‘ldi. Biz esa kerakli paytlarda gollar ura oldik. Garchi yirik hisobda yutgan bo‘lsak-da, raqibimiz ham bizga munosib qarshilik ko‘rsatdi va yaxshi harakat qildi, deyishim mumkin.

cheran2_1

- Vaqti kelib yana “Nasaf”ga yordam berish uchun qaytasizmi yoki bu imkonsizmi?

- Kelajakda nima bo‘lishini ayta olmayman. Lekin o‘zingiz ham yaxshi bilasizki, hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

- Siz “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev bilan yaxshi aloqadasiz. Ayting-chi, “Nasaf”ni yanada yaxshilash uchun unga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

- Maslahat deysizmi? Men unga emas, u menga maslahat berishi kerak deb o‘ylayman. Aslida Ro‘ziqul Berdiev nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi. Shu sababli “Nasaf”ning kelajagi meni unchalik xavotirga solmaydi.

- Sizningcha, sobiq jamoangiz bunday holatda qaysi o‘rin uchun kurasha oladi deb o‘ylaysiz?

- Bu borada shuni aytishim mumkinki, ular hamisha top-klub va aynan yuqori o‘rinlarda bo‘lishga haqlidirlar.

cheran3_1

- Qiziq, siz uchun kim kuchli: Arveladzemi yoki Berdiev?

- Bunday savollarni yoqtirmayman. Shu bois bu kabi savollar bermang.

- Bu yil yana boshqa hujumchilardan katta farq bilan to‘purarlar orasida etakchi bo‘lib turibsiz. O‘zbekiston chempionatida sizga raqobat tug‘diradigan kuchli hujumchi yo‘q, deb o‘ylaysizmi?

- Jamoadoshlarimga katta rahmat, bu yil ham men yaxshi holatdaman. “Paxtakor”ning har bir hujumchisi hozirda yaxshi kayfiyatda va yuqori sport formasida. O‘zingning jamoangda shunchalik xavfli hujumchilarga ega bo‘lish aslida bu juda yaxshi holat.

- Karantindan keyin Superliganing saviyasiga ta’sir qilyapti, deb o‘ylaysizmi?

- Albatta, lekin birgina bu erda emas, hamma joyda shunday. Ushbu vaziyat esa butun dunyodagi “global” holat.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
23/08/2020 21:23
Jurnalistni savolini qarang. usha kuni aytdiki Lukich. Uzbekistonga kim kuchli murabbiylegini. Shotani birinchi yil kurdikki qanday murabbiylegini. Nasaf kuchi etmaganidan keyin. Tuliq Nasafcha uyin shakllanterdiki. lekin bundan Faqat Nasaf yutdi chunki uzi uyin buyicha Nasafka bass keladigan kamanda qolmovdi. Mana ensi esa Nasaf kuchi etadigan kamanda shakllandi. endi Nasaf yana bir ikki yildan bemolol yana uz holiga qaytadi. Bundan Uzbek fudboli yutadi. Ahir osiyo chempionlar legasiga ham Nasaf borgan joyga hali hech kim borolmadiki. 2001 yil. 4 urunni oluvdi. OFK kubigini oldi. Uzbekiston chempionati esa qiyin.
&
Paxtakor va Barsa
23/08/2020 23:56
Nasafniyam korganmiz eng sharmanda qilgan nasaf boladu ochlda pahtakoru sal uzoqroqqa borgan eng sharmanda qilgan loko bilan nasaf boladi. Liganer xaqida gapiripsizlar nega shu liganerlar nasaf bilan uzbda chempion bolmadi? Shota kelgandan keyin yevropacha futbol krib keldi sal bosayam ungacha. Navbaxorni taktikasida edi ur tep sol. Talpa.
Javlon Abdullaev
24/08/2020 02:18
Shaxmatga qiziqasanmi
&
Насаф
24/08/2020 13:22
Бекор айтибсан шу гапинг. Пахтакорни пахтакор килиб турган Насаф. Европача футбол кетди десанми? Яна бекор айтибсан шу гап нга. Курдик Спартак билан уйнаганини 5_0.га еб келдику европча футболинг. Яна яна ва яна бекор айтибсан тушундингми!!!
&
Sash
23/08/2020 20:48
Halqaro maydonda nateja yuqmi demak yahshi murabbiy emas.bu murabbiyni paxtakor Nega ushlab turibdi bilmiman. Bu tarkib bilan sarflanayotgan mablag' bilan Berdiyev ham COCA-COLA ni yutadi. Puling kup bulsa hamma yordam berganidek PFL ham yordam berishiga guvoh buldik.Moliyaviy jihattan ikki klubni solishtirib bulmaydi. Halqaro maydonda Berdiyev nateja kursatadi deb aniq aytolmayman lekin uyinchilarni Aravaladzega nisbatan yahshi tayorlay oladi aniq.
Дилшод Даврлнов
23/08/2020 21:14
НАСАФГА шунча маблаг булганда бомиди НАСАФ ёради
&
Насаф
23/08/2020 19:23
Любой ахмок хам билади Рузикул Бердиев кучлилигини. Арвеладзе таёр Бердиев кашф киган футболчилани олиб ютаяптику. Эсингда боми сан журналистлар? Арвеладзенг хаммаёкни легионрдан тулдириб ташлаганди, бирортасиям уйнолмадику. Рузикул бердиев обкеган кашф Киган легонерни футболчилани олиб ютаябтику. Арвеладзенг даже легионер танлашниям билмайди
Дилшод Даврлнов
23/08/2020 21:11
Тугри Фикир билдирилди