Drogba: Lukaku qanday qarorga kelganini bilaman
Londonning “Chelsi” klubi sobiq hujumchisi Dide Drogba “Everton” forvardi Romelu Lukakuning “aristokratlar” safiga o‘tishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Agar Lukaku “Chelsi”ga o‘tadigan bo‘lsa, bu yaxshi bo‘lar edi. U bu jamoani biladi va bu erda o‘z vaqtida erishmagan narsalariga endi erishishni istaydi. Romelu eng zo‘ri bo‘lishni hoxlaydi va u buning uchun tinmay harakat qilmoqda. Men u bilan teztez qo‘ng‘iroqlashib turaman. Agar u bitta gol ursa, yana gol urishini hoxlayman. O‘rtamizda iliq munosabatlar bor. U huddi ukamdek bo‘lib qolgan. U ajoyib futbolchi.
- Siz uni yaxshi bilasizmi?
- Juda ham yaxshi bilaman.
- Menimcha, uning rejalarini ham bilasiz?
- Bilaman.
- Bizga u haqda gapirib bera olasizmi?
- Yo‘q (kuladi).

Fikrlar