Dukich Ro‘zievga javob qaytardi yoxud "Navbahor"dagi iste’fosini qanday qabul qildi?

  • 20 mart, 2021, 05:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionatning birinchi turidan keyinoq, “Navbahor”da murabbiylar o‘zgarishi sodir bo‘lgani ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi. No‘’mon Hasanov va uning yordamchisi serbiyalik Drajen Dukich “So‘g‘diyona”ga boy berilgan o‘yindan keyin darhol iste’foga chiqarildi.

Tecno

Albatta, bu har qanday murabbiy uchun yoqimsiz holat. Boz ustiga unnig Namanganda ish boshlaganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagandi. Ikkinchi turda namanganliklar Toshkentda g‘alaba qozondi. Uchinchi turda Namanganda “Nasaf” bilan durang o‘ynadi.

Yaqinda jamoa etakchilaridan biri Quvondiq Ro‘ziev intervyu berib, No‘’mon Hasanovning katta xatosi sifatida Drajen Dukichni olib kelganligi haqida aytgandi. Aftidan, ushbu maqolani serbiyalik mutaxassis o‘qigan shekilli, sports.uz muxbiriga klubdagi iste’fosi va Ro‘zievning gapiga munosabat bildirishni xohladi.

- “Navbahor”dan iste’foga chiqishingizni qanday qabul qildingiz?

- Iste’fo murabbiyning ajralmas qismi hisoblanadi. Murabbiy bunday kutilmagan vaziyatga doim tayyor turmog‘i kerak. Ammo ularning o‘yindan ikki kun oldin va dastlabki turdan so‘ng, mana shunday qarorga kelishlari mumkinligini sira kutmagandim. Futbolda shunaqasi ham bo‘lib turarkan. Vaholanki, biz mavsum boshlanishi uchun juda yaxshi va shakllangan jamoani tayyorlashga muvaffaq bo‘lgandik. Albatta, ilk turdan keyin iste’foga chiqarib yuborishlari biz uchun yoqimsiz syurpriz bo‘ldi.

- Aslida birinchi turda “Navbahor”ning mag‘lubiyatiga nima sabab bo‘lgandi? Chunki ikkinchi turda Toshkentda yutib keldi...

- O‘zingizga yaxshi ma’lum, mavsumning ilk o‘yini har doim va har qanday klub uchun oson kechmaydi. Ko‘rgan bo‘lsangiz, “Navbahor” “So‘g‘diyona”ga qarshi juda yaxshi to‘p surdi. Buni shundan ham bilib olish mumkinki, jamoa bahs davomida golga tortadigan 7-8 ta xavfli vaziyatni yuzaga keltira oldi. Qolaversa, ikki bor “So‘g‘diyona” darvozasi tomon penalti belgilanishi kerak edi. “Navbahor”ning keyingi o‘yinda yutishi haqida gapiradigan bo‘lsam, bu yangi murabbiyning ishi emas. Chunki bunga qadar biz No‘’mon Hasanov bilan juda yaxshi klubni shakllantira olgandik. Yangi murabbiyning bir kun ichida jamoani yaxshi tayyorlay olishi mantiqqa ham to‘g‘ri kelmaydi. Bu bizning Hasanov bilan birga amalga oshirgan ishimiz edi. Boz ustiga yangi murabbiyning o‘zi ham o‘yindan keyingi matbuot anjumanida bu o‘zining emas, balki biz amalga oshirgan ish ekanligiga ishora qilib o‘tdi.

- Umuman, ilk o‘yindan keyinoq klubdan ketishingizni mutlaqo kutmagandingiz-a?

- Ular bosh murabbiy No‘’mon Hasanovning ishidan qoniqish hosil qilmayotgandi. Keyin esa men birinchi yordamchi sifatida ishga keldim. Ular iste’foga chiqarish uchun qulay fursat yuzaga kelishini kutgan. Yana shuni aytishim kerakki, jamoada bosh murabbiy vazifasiga yana kimlarni olib kelish yuzasidan turli variantlar yo‘q emasdi. Ular bu xususida gapirardi. Ammo muxlislar jamoa bosh murabbiyi rolida No‘’mon Hasanov qolishini istayotgandi. Jumladan, Samvel Babayan o‘z yordamchilari bilan klubda ishlash uchun fursat tug‘ilishini kutayotgandi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, shuni aytishim kerakki, ancha tajribali mutaxassis sifatida chempionatning ilk turidan keyin bosh murabbiy iste’foga chiqarish mumkinligiga sira guvoh bo‘lmagandim. Yangi klub prezidenti qo‘yilgan vazifani bajarish uchun tashkiliy ishlar etarli darajada amalga oshmaganidan ko‘ngli to‘lmaganligini shu tarzda ifoda qilgan ko‘rinadi. Vaholanki, jamoa mavsumga yomon hozirlik ko‘rmagandi. Bu klubdagi odamlarning futbolni yaxshi tushunmasliklaridan dalolat beradi. Klub oldiga vazifa qo‘yishdan oldin shunga mos ravishda infratuzilmani ham shakllantirish kerak bo‘ladi. Klub prezidenti No‘’mon Hasanovning o‘yin borasidagi qarashlarini tushunmadi. Bir so‘z bilan aytganda, rahbariyat bizning jamoada ishlashimizni istamadi. Shu bois o‘zimiz ham iste’fo yuz berishi mumkinligini kuta boshlagandik. Ammo mavsum startidan keyinoq shu voqeaning sodir bo‘lishi...

- Sizningcha, “Navbahor” bu yil qanday natija ko‘rsata oladi?

- “Navbahor” o‘z oldiga doim jiddiy maqsadlarni qo‘yadigan klublar sirasiga kiradi. Jamoa Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etish imkonini beruvchi yo‘llanmalar uchun kurashadi yoki bunday imkoniyatga kubok o‘yinlari orqali chiqish payida bo‘ladi. U erda faqat bir odam – viloyat hokimi futbolni tushunadi. U “Navbahor”ga katta yordam berib kelyapti. Afsuski, jamoaning bugungi rahbariyati kutilgan darajada ish olib bormayapti. Ustiga-ustak ikki oy davomida hech kimga maosh berganlari yo‘q. Yuqoridagilar “Navbahor” birinchi yoki sovrinli o‘rinlardan birini egallashi va kubok sohibi bo‘lishi uchun ishni mutlaqo boshqacha tarzda olib borishlari maqsadga muvofiq bo‘lardi.

- Klubdagi ichki muhit qanday edi va serbiyalik futbolchilar haqida nima deya olasiz?

- Klubga kelgan paytimda menga hammasi yaxshi ekandek ko‘ringan va bu xususdagi gaplarda jon bordek tuyulgandi. Biroq, “Navbahor”da ish boshlaganimdan so‘ng, hammasi haqiqatga to‘g‘ri kelavermasligini tushundim. Ular o‘z ishimni yaxshi bajarishga harakat qilgan bo‘lsam ham, menga bergan va’dalarini umuman uddalash niyatida ekanliklarini namoyish etmadilar. Klubdagi muammolar haqida og‘iz ochadigan bo‘lsak, ularning javobi shunday yangrardi: ertaga, ertaga! Bugungi prezidenti ilgari jamoada vitse-prezident lavozimida ishlagan. Aynan u, “Navbahor”ga ikki nafar serbiyalik futbolchini olib kelgan. U bu o‘yinchilarga ukrainalik hamkori orqali ega chiqqan. Aytishim kerakki, serbiyalik ushbu o‘yinchilar juda iqtidorli va yaxshi yigitlar. Ammo jamoaning ishlari ko‘ngildagidek chiqmas ekan, negadir yuqoridagilar bunday mahalda asosiy aybdor sifatida legionerlarni ko‘radi xolos.

Shuningdek, Quvondiq bergan intervyusida men haqimda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fikrlarni bildirgan. Agar u bu gaplarni ko‘zlarimga qarab turib aytgan taqdirda, sira xafa bo‘lmasdim. Shunda haqiqiy erkakning ishini qilgan bo‘lardi. U erdan ketganimdan so‘ng, Quvondiq o‘sha intervyuni berib, men haqimda turli bo‘lmag‘ur gaplarni aytdi. Albatta, har kimning o‘z qarashi bo‘ladi. Masalan, men Quvondiqni qanday saviyadagi futbolchi ekanligini bilaman. U doim ham aql bilan to‘p surmaydi. Ro‘ziev har xil gaplar bilan futbolni tushunmaydigan kishilarni aldashi mumkin. Meni esa mutaxassis sifatida sira alday olmaydi. Hozir sizga intervyu berayotgan ekanman, Quvondiqqa shunday degan bo‘lardim: agar sen mard bo‘lsang, nima uchun men haqimdagi qarashlaringni o‘zimga aytmading?! U haqida yana ko‘p gaplarni aytishim mumkin edi. Lekin bunday qilmoqchi emasman.

Futbolda uzoq yillardan beri yurgan odamman. Shu boisdan ham Namanganda – “Navbahor”da olib borgan faoliyatim bunday chiqqanidan ajablanmayman. Hayotda shunaqasi ham bo‘lib turarkan. Vaholanki, rahbariyat jamoa yuqori darajada to‘p surishi uchun hamma ishni obdon va puxta o‘ylagan holda olib borishi darkor. “Navbahor”dagi faoliyatim chog‘ida yuqoridagilar tomonidani ishga bo‘lgan bunday munosabatni ko‘rmadim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
УФА ва ПФЛ учун коронавирус
20/03/2021 09:34
Navbahordagi ustida utirgan horomhorlar(hokimdan tortib eng kichkina amaldorigacha) pullarni horom luqma qilib uyidagi bola-chaqasiga edirmasdan, jamoadagi uyinchilarga bersa, ana ushanda har qanday jamoani Navbahor tiz chuktiradi. Ungacha uyin bulmaydi. Hammamiz uyinchilarni ham tushinishimiz kerak. Ahir ularni ham oilasi bor. Oylab pulsiz yuraveradimi.
Томдан тараша тушгандай ўйлаб йозясими қайчи бош билан бундай ўта пас сайоз фикирлаясиз. Шарт шароитлар ало.даражада ойликлар ўз вақтида олади ўйинчила Ўзбекистонда пахтакор ва Навбахорда шундай зўр бўса зўрки шароитлар бошқаларида билмадим. Гапакан деб хушингизга келганини алжирамай замон билан хам нафас бўлинг. Қайсидур асрларда бўлгандур ойликдан муамо хозир ойликлари қўшимча пулари уйинчиларни оладигон пулига Одамни хаваси келади
&
УФА ва ПФЛ учун коронавирус
20/03/2021 14:18
Noto'gri aytyapsiz.
Kanchelskisda nima buldi, yahshi murabbiy edi, pulini berishmadi. Atayin yoqotishdi, haqiqatni talab qilgani uchun, lekin shu odam futbol uynashni urgatib ketdi.
Dukich degani ham bermadi deyapdi.
O'yinchila gapirolmaydi. Gapirsa bormi...
Gaplarim yoqmagan bulsa uzr surayman, lekin pul muomalasi joy joyiga bormaydi.
Stadionda sotilgan bilet pullari halol joyiga tushgan deb uylaysizmi, yoq.