
Dunyo to‘purari Ronalduga tan berdi
Terma jamoalarda gol urish bo‘yicha jahon rekordchisi Ali Dayi o‘zining natijasiga yaqinlashib kelayotgan Krishtianu Ronalduning mahoratiga tan berdi.
- Men Krishtianu Ronaldu rekordimni yangilashiga ishonman. Ronaldu darajasidagi futbolchi rekordimni urishi men uchun katta sharaf bo‘lardi. U dunyoning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri.
Ko‘pchilik Ronaldu mening rekordimni yangilasa, nima qilishim haqida so‘rayapti. Birinchi bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri uni tabriklayman, - dedi Ali Dayi.
Eronlik hujumchi o‘z mamlakati terma jamoasi uchun xalqaro uchrashuvlarda 109 ta gol urgan. Krishtianu Ronaldu esa, terma jamoadagi gollari sonini 102 taga etkazib oldi. Shuningdek, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida eng ko‘p – 746 ta to‘p kiritgan rekordchidir.
Fikrlar