
Dunyoning eng boy insonlaridan biri Runining jamoasini sotib olmoqchi
Amerikalik milliarder Maykl Dell Angliyaning "Derbi Kaunti" klubini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra ingliz klubi rahbariyati ayni damda sayyoramizning eng boy insonlaridan biri bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Asosiy masala Dell klubning qancha aktsiyasini sotib olishi bilan bog‘liq.
Aytish kerakki, Forbes talqiniga ko‘ra Maykl Dell dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatining kuchli 25 taligidan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda "Derbi Kaunti"da angliyalik mashhur futbolchi Ueyn Runi o‘ynovchi murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.
Fikrlar