Dunyoning eng zo‘r murabbiyi e’lon qilindi

  • 5 avgust, 2020, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning L’Équipe nashri “Real”ni chempionga aylantirgan Zinedin Zidanni dunyoning eng yaxshi murabbiyi, deb e’lon qildi.

Tecno

Frantsiyalik mutaxassis nashr reytingida “Liverpul”ni o‘ttiz yillik tanaffusdan so‘ng chempion qilgan Yurgen Klopp va “Manchester Siti”ni qudratli jamoaga aylantirgan Xosep Gvardiolani orda qoldirdi.

Zinedin Zidan daslab, Madrid klubini 2016 – 2018 yillarda boshqargan va La Liga chempionligi va Superkubokda g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, Zidan qo‘l ostida “Real” uch marotaba Evropa Chempionlar ligasi, ikki martadan UEFA superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdi. Endi o‘tgan yili yana “Real”ni qabul qilib olgan Zidan madridliklarga navbatdagi Ispaniya chempionligini taqdim etdi.

rue13bcc2a357

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!