Dunyoning eng zo‘r to‘rt himoyachisi bizda o‘ynaydi!

  • 12 iyul, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp dunyoning eng zo‘r to‘rt markaziy himoyachisi uning qo‘l ostida to‘p surayotganini ta’kidladi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis mudofaa chizig‘i vakillari – Virjil van Deyk, Joel Matip, Jo Gomes va Ibrohim Konateni o‘z ampluasi bo‘yicha eng zo‘r o‘yinchilar, deb e’tirof etmoqda.

Tarkibimizda futbol olamining eng zo‘r to‘rt markaziy himoyachisi bor. Shuningdek, chap va o‘ng qanotdagi o‘yinchilarimiz ham eng yaxshilardan hisoblanadi. Shuningdek, Tsimikas va Remzi kabi o‘yinchilarimizni ham hisobdan chiqarmang, - dedi Yurgen Klopp.

“Liverpul” o‘tgan mavsumda 38 ta uchrashuvda atigi 26 ta gol o‘tkazdi. Bu chempion jamoa – “Manchester Siti”niki  bilan bir xil ko‘rsatkich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!