
Dyokeresh 5 yildan so‘ng ilk bor ichki chempionatlarning birinchi turida gol urolmadi
"Arsenal"ga yozgi transferlar oynasida kelib qo‘shilgan Viktor Dyokeresh mavsumni muvaffaqiyatli boshlamadi.
"Gap shundaki, londonliklar hujumchisi Viktor Dyokeresh APLning 1-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 60-daqiqada almashtirildi. U o‘yin davomida darvoza tomon zarba bermadi hamda hech qanday xavfli vaziyat yarata olmadi.
Dyokeresh so‘nggi 4 mavsumning har birida chempionatning birinchi turida gol urgan edi — "Koventri" safida Chempionshipda va "Sporting" tarkibida Portugaliya chempionatida.
Fikrlar