
Dzyudo: Antaliya "Katta Dubulg‘a" turnirida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi bilan tanishing!
29-31 - mart kunlari Turkiyaning Antaliya shahri dzyudo bo‘yicha navbatdagi "Katta Dubulg‘a" turniriga mezbonlik qiladi. Musobaqada ishtirok etish istagi bilan ayni damga qadar dunyoning 96 mamlakatidan 688 nafar sportchi ro‘yxatdan o‘tgan. Parij-2024 Olimpiada o‘yinlari uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadigan turnirda O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi tarkibda qatnashadi.
Erkaklar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov
-60 kg: Doston Ro‘ziev
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Nurbek Murtazoev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboev
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Shohruhxon Baxtiyorov
Ayollar:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Kadambaeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Shohista Nazarova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
+78 kg: Rinata Ilmatova
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati!
Fikrlar