Dzyudo. Diyora Keldiyorova o‘z vaznida jahonning to‘rtinchi raqamli dzyudochisiga aylandi

  • 25 oktabr, 2022, 14:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

BAAdagi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz reytingda sezilarli o‘sishga erishdilar. Jumladan, Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida jahonning to‘rtinchi raqamli sportchisiga aylanib oldi. BAAda bronza medaliga sazovor bo‘lgan Shahram Ahadov esa 24-pog‘onaga ko‘tarildi.

Batafsil:

-60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 6645 ochko
31. Dilshodbek Baratov – 1330

-66 kg:
1. Denis Vieru (Moldova) – 6435 ochko
14. Sardor Nurullaev – 2204
30. Muhriddin Tilovov – 1156
53. Rahimjon Subxonov – 760

-73 kg:
1. Tsogbatar Tsent-Ochir (Mo‘g‘uliston) – 6565 ochko
10. Murodjon Yo‘ldoshev – 2421
16. Obidxon No‘’monov – 2160
19. Hikmatilloh To‘raev – 1976
24. Shahram Ahadov – 1660

-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 7496 ochko
7. Sharofiddin Boltaboev – 3725

-90 kg:
1. Davlat Bobonov – 6134 ochko
2. Beka Gviniashvili (Gruziya) – 4835
56. Shermuhammad Jandreev – 736

-100 kg:
1. Jorje Fonseka (Portugaliya) – 5330 ochko
10. Muzaffarbek To‘raboev – 3315
36. Otabek To‘raboev – 1072

+100 kg:
1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 4705 ochko
16. Alisher Yusupov – 2601
25. Shohruh Baxtiyorov – 1610
34. Bekmurod Oltiboev – 1056

Ayollar:
-52 kg:
1. Amandin Bushar (Frantsiya) – 6010 ochko
4. Diyora Keldiyorova – 5070

-70 kg:
1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 6402 ochko
13. Gulnoza Matniyazova – 2826

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!