Dzyudo. VI Islom Birdamligi o‘yinlariga qur’a tashlandi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Islom Birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Biroz avval ushbu kopmleks musobaqa dasturidan o‘rin olgan dzyudo bahslariga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. 8-10 noyabr kunlari yakkalik bahslarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 12 nafar dzyudochisi ham medallar yo‘lida tatamiga chiqadi.
Ertaga musobaqaning ilk kungi saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 09:00da boshlanadi. Dzyudo musobaqasida 3 qit’aning 32 davlati vakillari bahslarga kirishadi.
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov – Zeyd Raychin (Jibuti);
-73 kg: Shahram Ahadov – Abdulloh Hammad (Saudiya Arabistoni);
-90 kg: Shahzod Sharipov – Muhammadjon Abduljalilzoda (Tojikiston)/Ahmed Elageb (Sudan);
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev – Ushangi Kokauri (Ozarbayjon);
+100 kg: Alisher Yusupov – Minur Ertug (Turkiya);
AYoLLAR
-48 kg: Laziza Haydarova – Sila Ersin (Turkiya);
-52 kg: Muhayyo Axmatova – Selin Baba (Kamerun)/Zalika Hassan (Niger);
-57 kg: Shukurjon Aminova – Sondos Alsharif (Saudiya Arabistoni)/Erisa Brahimay (Albaniya);
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva – Fabiha Busra (Bangladesh)/Mirzaiym Duyshonbekova (Qirg‘iz Respublikasi);
-78 kg: Marjona Ko‘chimova – Akmarjan Turdajieva (Qirg‘iz Respublikasi);
+78 kg: Umida Nig‘matova – Anita Mbella Soppi (Kamerun);
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva – Safa Soliman (Misr).
Ma’lumot uchun, dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turniri finalchisi Xurshida Razzoqberdieva hamda og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni Sharofiddin Amriddinov O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar