Dzyudo. Yosh sportchilarimiz Osiyo chempionatiga yo‘l oldi
Bugundan Tailand poytaxti Bangkok shahri o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlikni boshladi.
Ushbu qit’a birinchiligida 16 davlatdan 400 nafarga yaqin yosh dzyudochilar o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun tatamiga chiqadilar. O‘zbekiston terma jamoasi har ikki yosh toifasida to‘liq tarkib bilan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
Kamol Murodov va Iskandar Rasulov murabbiyligidagi yoshlarimiz qit’a chempionatida ishtirok etish maqsadida Tailand poytaxtiga jo‘nab ketdi. Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 20-21 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati



Fikrlar