Dzyudochilarimiz Zagreb Gran-prisida ishtirok etishadi
26-28 iyul kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tadi. Ushbu Gran-pri jahon chempionatidan oldingi yirik musobaqa bo‘lgani bilan ahamiyatli.
Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadigan mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda. Zagreb Gran-prisida qatnashadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev
-60 kg: Diyorbek O‘rozboev
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-66 kg: Artyom Shturbabin
-73 kg: G‘iyosjon Boboev
-81 kg: Muso Sobirov
-90 kg: Doston Meyliev
-90 kg: Shahzod Sobirov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
+100 kg: Alisher Yusupov
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova

Fikrlar