Dzyudochilarimizdan bu gal omad yuz o‘girdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning ushbu kun dasturi afsuski, vakillarimiz uchun muvaffaqiyatsiz tugadi. 

Bugun tatamiga chiqqan hamyurtlarimiz orasida -81 kilogramm vazn toifasida Muso Sobirov eng yaxshi natijaga erishdi. Vakilimiz bugun chorak final bosqichigacha etib kela oldi. Gulnoza Matniyazova hamda G‘iyosjon Boboev (-73 kg) esa birinchi bellashuvdayoq imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. 

Garchi medal qo‘lga kiritilmagan bo‘lsa-da, ayniqsa, Muso Sobirov jahon va Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arishga muvaffaq o‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!