Dzyudochimiz Budapesht Gran-prisida shohsupaga ko‘tarildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Vengriya poytaxtida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqaning birinchi kun bellashuvlari yakunlandi. E’tiborlisi, terma jamoamiz vakili ushbu kun doirasida shohsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. 

-66 kilogramm vazn toifasida harakat qilgan Shahram Ahadov bronza medali uchun kechgan bellashuvda isroillik Tal Flikerni mag‘lub etishga erishdi. Bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmagach, “oltin ochko”ga murojaat qilindi. Bahsning 5:57 daqiqasi o‘tib borayotgan pallada Shahram ishlatgan usulga vaza-ari bahosi berildi va bellashuv yurtdoshimiz g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa Ahadov bronza medali qatori Tokio Olimpiadasi uchun muhim 350 reyting ochkosini ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ymoqda. Afsuski, -60 kilogramm vaznda bronza medali uchun kurashgan Sharofiddin Lutfillaev Xitoy Taipeyi vakiliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!