EChL. "Bavariya" qiyinchilik bilan "Anderlext"ni engdi (Video)
Evropa Chempionlar Ligasi 5-turida “Bavariya” futbolchilari Belgiyaga safar uyushtirib, “Anderlext” klubi mehmoni bo‘lishdi.
Mazkur bellashuvda myunxenliklar qiyinchilik bilan 2:1 hisobida zafar quchdi. Levandovski va Tolissoning gollari “Bavariya”ga g‘alaba keltirdi.
Anderlext (Belgiya) – Bavariya (Germaniya) 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 51 Levandovski, 1:1 – 63 Xanni, 1:2 – 77 Tolisso.
Anderlext – Zels, Desxaxt, Appia, Spayich, Mbodji, Dendonker, Kums, Xanni (Bruno, 71), Trebel, Gerkens (Onekuru, 65), Teodorchik (Xarbaui, 82).
Bavariya – Ulrayx, Boateng, Fridl, Zyule, Kimmix, Tolisso, Vidal (Xummels, 87), Alkantara (Xames, 44), Rudi, Robben (Martines, 48), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Spayich (47), Boateng (61), Levandovski (67), Trebel (83), Dendonker (83), Ulrayx (88).



Fikrlar