
EChL. "Inter" 6 ta gol urilgan o‘yinda yarim final masalasini hal qildi
EChL chorak finalidan o‘rin olgan "Inter" - "Benfika" bahsi 3:3 hisobi bilan tugadi.
Milanliklar tarkibida Barella, Lautaro va Xoakin gol muallifi bo‘ldi. Portugaliyaliklar safida uch gol Aursnes, Silva hamda Musa nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Inter" umumiy 5:2 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda Indzagi shogirdlariga "Milan" klubi raqiblik qiladi.
Fikrlar