EChL. "Inter" kutilmaganda ochko yo‘qotdi, "Napoli" esa qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

EChL 1-turidan o‘rin olgan "Real Sosedad" - "Inter" uchrashuvi yakunlandi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Birinchi gol Brais Mendes nomiga qayd etildi. Milanliklarning javob golini Lautaro Martines kiritdi. 

Yana bir uchrashuvda "Napoli" safarda "Braga"ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. Mazkur bahsda 1:2 hisobi qayd etildi. Bitta gol Jovanni di Lorentso hisobiga yozib qo‘yilgan bo‘lsa, maydon egalarining goliga Bruma mualliflik qildi. Neapolliklarga g‘alaba keltirgan gol esa Niakate (avtogol) hisobiga yozildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!