EChL. MYu "Bavariya"ga mag‘lub bo‘lib, o‘z guruhida so‘nggi pog‘onani band etdi

  • 13 dekabr, 2023, 02:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Bavariya" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda myunxenliklar 1:0 hisobida zafar quchdi. 

Kingsli Koman tomonidan 70-daqiqada kirititilgan gol bellashuv taqdirini hal qildi. 

Ochkolari sonini 16 taga etkazib olgan myunxenliklar birinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. 4 ochko to‘plagan "qizil iblislar" "A" guruhida so‘nggi pog‘onani band etib, Evropa ligasi yo‘llanmasidan ham quruq qoldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!