
EChL. Shunchasi etadi! "Liverpul" kuchli jamoalarni turnirdan chiqarib yuborgan "Benfika"dan ustun keldi
Evropa chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Benfika" - "Liverpul" uchrashuvi yakunlandi. Unda "qizillar" 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mersisaydliklar safida Konate, Mane hamda Dias gol urgan bo‘lsa, mezbonlardan Nunes bir bora Alisson darvozasiga yo‘l topa oldi.
Shu tariqa, Klopp shogirdlari javob uchrashuvi oldidan o‘z imkoniyatlarini yaxshilab oldi. Ikkinchi bahs 13-dan 14 aprelga o‘tar kechasi soat 00:00da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar