EChLdan chiqib ketgan "Barselona" millionlardan mahrum bo‘ldi
"Barselona"ning Chempionlar ligasini tark etishi klubga jiddiy moliyaviy muammolar tug‘dirdi.
"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, mavsum avvalida rahbariyat klub EChLda kamida chorak finalga chiqishini kutgan. Biroq jamoa guruh bosqichidan nariga o‘ta olmagach, kataloniyaliklar 30 million zarar ko‘rgan.
"Barsa" nimchorak final uchun 9,6 million, chorak final uchun 10,6 million evroni homiylar, televidenie va stadiondan olishni rejalashtirgan. Endi ular bu kamomad o‘rnini qoplash uchun kamida Evropa ligasi finaliga chiqishi shart.
Taqqoslash uchun, EChL finaliga chiqqan klub 15,5 million, EL finalida o‘ynagan jamoa 4,6 million oladi. Chempionlik uchun esa, Chempionlar ligasi 20, Evropa ligasi 8,6 million mukofot beradi.

Fikrlar