Eddi Xirn Joshua kimlar bilan jang qilishi mumkinligini aytdi

  • 11 mart, 2022, 09:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks og‘ir vazn toifasi sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Oleksandr Usikka qarshi revansh jangini o‘tkazishi belgilangan edi. Ammo vaziyat taqozosi sabab Usik hozirda bu jangga e’tibor qaratmayapti. Matchroom kompaniyasi rahbari Eddi Xirn Usik bilan bahs oldidan Joshua uchun oraliq jangi tashkil etish niyatida.

"Biz bir qancha raqiblarni ko‘rib chiqmoqdamiz. O‘tgan kechada Joshua Usik kabi chapaqay bokschilar - Luis Ortis, Otto Uallin variantini, shu bilan birga Deontay Uaylder variantlarini aytib o‘tdi.

O‘ylaymanki, hozir Joshuadan kimni tanlagan bo‘lar eding, deb so‘ralsa, balki u Uaylderni tanlagan bo‘lardi",-dedi Xirn IFL TV'ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil sentyabr oyida tashkil etilgan boks oqshomida Joshua WBA, WBO, IBF, IBO kamarlarini Oleksandr Usikka boy bergan edi. Shartnoma shartlari bo‘yicha ular o‘rtasida revansh jangi ham tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!