
Ederson Turkiya Superligasi jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin!
"Manchester Siti" darvozaboni Ederson faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Tribal Football" nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, braziliyalik posbonning xizmatlariga "Fenerbaxche" klubi qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni chempionati jamoalari ham Edersenni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. 31 yoshli keper "shaharliklar" safida 2017 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, tajribali posbon joriy mavsum Premer-Ligada 19 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning narxi 25 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar