
Ekaterinburgda ikki nafar O‘zbekiston vakili o‘z janglarini o‘tkazdi
Kecha, Rossiyaning Ekaterinburg shahrida “ONE Championship” hamda RCC prmoushenlari tomonidan professional kikboksing bo‘yicha “Fair Fight” turniri tashkil etildi. Unda ikki hamyurtimiz ringga ko‘tarildi. Jumladan, yarim engil vazn toifasida rossiyalik Kirill Xomutovga qarshi o‘z jangini o‘tkazgan Mavlud Tifievdan omad yuz o‘girdi. Aslida, ushbu jangda yurtdoshimiz juda yaxshi harakat qilgandi. Biroq, hakamlar g‘alabani mezbon sportchisiga tortiq qilib yubordi.
Mazkur jang g‘olibi “ONE Championship” promousheni bilan shartnomaga ega bo‘lardi. Sportchimizning saytimizga ma’lum qilishicha, ushbu jang qaytadan ko‘rib chiqilib, revansh jangi o‘tkazilishi bo‘yicha bir qarorga kelingan.Shuningdek, “Fair Fight" turnirining yarim o‘rta vazn toifasi chempioni bo‘lishga erishgan yana bir o‘zbekistonlik kikboksing ustasi Sher Mamazulunov o‘zini yangi, ya’ni o‘rta vazndagi jangini o‘tkazdi.
Unga belaruslik Dmitriy Valent raqiblik qildi. Bahsning birinchi raundida kutilmganda yurtdoshimiz nokdaunga uchradi. Ammo keyinchalik, ikki raundda ustunlikni o‘z qo‘liga ola bilgan Mamazulunov vaziyatni o‘z tomoniga og‘dira oldi. Yakunda, ekstra raund belgilandi va unda ajoyib harakat qilgan yurtdoshimiz haqli ravishda g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar