Ekaterinburgdagi hangoma yoxud o‘zbekistonlik sportchi adolatsizlik qurboniga aylandimi?

CHERY AUTO

28 noyabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida Singapurning “ONE Championship” hamda Rossiyaning RCC promoushenlari hamkorligida “Fair Fight” turniri bo‘ldi. Professional kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur turnirda hamyurtimiz Mavlud Tifiev ham o‘z jangini o‘tkazdi. Yarim engil vazn toifasida ringga ko‘tarilgan yurtdoshimiz mezbonlar vakili Kirill Xomutovga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Ushbu jang anchagina bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ya’ni, jangda hamyurtimiz ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, g‘alaba rossiyalik yakkakurashchiga berib yuborildi. Ushbu voqelikdan so‘ng, yurtdoshimizning menejerlari apellyatsiya bergan edi. Biz shu holat qanday yakun topganligini  bilish uchun sportchimiz bilan bog‘landik.

- To‘g‘risi, barcha hakamlar kikboksing yo‘nalishidagilar edi. Men doimo professional muaytay bo‘yicha janglarda ishtirok etgandim. Shunday bo‘lsa-da, jangda ustunlikka erishdim. Buni bevosita jangni tomosha qilganlar ham guvoh bo‘lishdi. Ushbu to‘qnashuv g‘olibi jahonning eng nufuzli promoushenlaridan biri “ONE Championship” bilan shartnoma imzolashi kerak edi. Shuning uchun ham jangga e’tibor juda yuqori bo‘ldi. Albatta, mezbonlik faktori rol o‘ynab, yaqqol g‘alabamni unga berib yuborishdi. Shukrki, menejerlarim e’tiroz bildirib, jangni qaytadan ko‘rib chiqishni talab qildi. Ko‘rib chiqilganidan keyin jangimiz ikki oydan so‘ng qayta o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ya’ni, revansh desak ham bo‘ladi. Aynan, o‘sha jang g‘olibi “ONE Championship” bilan shartnoma tuzadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!