
EL. "Arsenal" yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Evropa Ligasi 3-turi doirasidagi "Arsenal" - "Budyo-Glimt" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bellashuvda londonliklar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi gollarga Eddi Niketia, Rob Xolding va Fabiu Vieyra kabi futbolchilar mualliflik qildi. Ushbu g‘alabadan keyin Mikel Arteta shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 6 taga etdi va guruhda etakchiga aylanib oldi. Norvegiya klubi esa 4 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Eslatib o‘tamiz, "Arsenal"ning 2-tur doirasidagi PSVga qarshi o‘yini boshqa muddatga qoldirilgan.
Fikrlar