"El-klasiko" oldidan “Barselona” “Real”ni “troll” qildi (foto)
Kataloniyaning "Barselona" klubi Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab turnesi doirasidagi "Real"ga qarshi o‘yin oldidan “qaymoqranglilar”ni “troll” qildi. Buning uchun “ko‘k-anorranglilar” Las-Vegasdagi osmono‘par binolardan biridagi katta elektron bannerdan foydalangan.
"Xavotir olmang, Las-Vegasda sodir bo‘layotgan hamma narsa Las-Vegasda qoladi", - deb yozilgan unda.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya va Madrid grandlari o‘rtasidagi nazorat uchrashuvi 24 iyul, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan mavsum yakunida "Real" Ispaniya chempioni bo‘ldi, "Barselona" esa La Liganing kumush medallarini qo‘lga kiritdi.


Fikrlar